Bolalar endokrinologiyasi bo'limi boshlig'i
Azimova Shaxnozaxon Sharafutdinovna.
Pediatr endokrinolog. Oliy toifali shifokor. Tibbiyot fanlari nomzodi.
Bolalar endokrinologiyasi bo'limi 1979-yilda tashkil topgan. Bu bo'lim O'zbekiston Respublikasida bolalarda endokrin kasalliklarni diagnostikasi va davolash uchun yagona ixtisoslashtirilgan bo'lim hisoblanadi. Hozirgi kunda bo'limda klinik praktikaning yangi texnologiyalari, davolashning innovasion metodlari, farmakologiyaning oxirgi yutuqlari, bolalarda endokrinopatiyani profilaktikasi va prognozlashning asosiy metodlari ishlab chiqilmoqda va tadbiq etilmoqda.
Hozirgi kunda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha endokrin patologiyalari bor bolalar va o'smirlarga ixtisoslashtirilgan yordam ko'rsatilmoqda:
- Bolalar va o'smirlarda qandli diabetning I va II turini, glikemiyaning sutkalik monitoringi, insulin pompalaridan foydalangan holda diabetni yangi texnologiyalar asosida davolash.
- Qalkonsimon bez kasalliklarida (har xil etiologiyali tireotoksikoz, autoimmun tireodit, tugunli buqoq va boshqa turlarini davolash) qalqonoldi bezi patologiyalari.
- Bo'y o'sishi bilan bog'lik patologiyalar (bo'y pastlikni turli variantlari). Endokrin va boshka turdagi bo'yi pastlikni differensial diagnostikasi o'tkaziladi. O'sish garmoni defisitida stimulyasion testlar o'tkaziladi. Somatotrop gormoni etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda o'sish garmoni bilan o'rin bosuvchi terapiya va bu terapiyaning xavfsizligi va samaradorligini monitoringlash ishlari olib boriladi.
- Jinsiy tizim patologiyalari (jinsiy rivojlanishning orqada qolishi, gipoganadizm, erta jinsiy etilish, jinsiy rivojlanishni buzilishi). Jinsning shakllanishini buzilishini tashxislashda to'lik multidissiplinar ko'rik genetik, urolog, ginekolog yordamida o'tkaziladi va ko'rsatma bo'lganda jinsni korreksiyalash yoki o'zgartirish bo'yicha konsilium xulosalari qilinadi.
- Gipotalamo-gipofizar tizim kasalliklari. Buyrak usti bezi kasalliklari. Buyrak usti bezi kasalliklari o'rtasida differentsial tashxislash.
- Bolalarda semizlik, metabolik sindrom. Semizlikni turli darajasi bo'lgan bolalar va o'smirlarda tana vaznini kamaytirish maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
- Bolalar va o'smirlarda rezistent arterial gipertenziya, hamda kasallikni oilaviy formasini tekshirish.