Размер:
AAA
Цвет: CCC
Изображения Вкл.Выкл.
Обычная версия сайта
AA Версия для слабовидящих
Call center: +998(55) 508-50-00 (24/7)
Дежурный врач: +998(95)479-80-00 (с 17-00 до 08-00)
WhatsApp

30.04.2023
Инсон қадри учун! Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filialida ilk bor laporaskopik usulda oʻng tomonlama adrenalektomiya jarroxlik amaliyoti bajarildi.
Itsenko-Kushing sindromi kam uchraydigan, og’ir endokrinologik kasallik bo’lib, bemorlarda yurak-qon tomir, tayanch-harakat tizimlarida jiddiy asoratlarga sabab bo’ladi. Tashxislash va davolashda murakkabliklar sabab bemorlar ko’pincha mutaxassisga murojat qilguncha asoratlar rivojlanib, bemorlar hayot sifati pasayishiga olib keladi.
So’nggi yillarda Respublikamizda kasalliklarni erta aniqlash va davolash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroendokrinologiya va neyroxirurgiya laboratoriyasida Kushing sindromi bo’yicha Respublika miqiyosida qator ilmiy tadqiqotlar olib borish bilan birga zamonaviy tibbiyot yutuqlariga asoslangan samarali davolash usullarini amaliyotga joriy etib borayotganligi tahsinga sazovordir.
Samarqand viloyat filialida yo’lga qo’yilgan ushbu yuqori texnologik amaliyot ham bemorlarning uzog’ini yaqin qilish, nogironlikni va erta o’limning oldini olish uchun qo’yilgan muhim qadamlardan biridir.


344208077_777078867443365_3719338331217567803_n.jpg344331221_663650812190423_3459412878379850915_n.jpg

Возврат к списку