18.04.2022
Bir kun avval Samarqand shahrida Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan “Neyroendokrin kasalliklar diagnostikasi va davolashda zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Markaz mutaxassislari neyroendokrin o‘smalar diagnostikasi va davolashning zamonaviy usullari haqida so‘zlab berdilar, shuningdek, haqiqiy bemorlarni klinik holatlarda davolash usullaridan misollar keltirdilar.
Back to the list