2023 yil 10-fevral kuni akademik Y.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida markaz direktori t.f.d. To'raev F.F. raisligida navbatdagi 3 – son ilmiy kengash yigilishi bolib otdi.
Kun tartibiga ko‘ra, barcha hududiy endokrinologiya filiallari/dispanserlari bosh vrachlari va xodimlarining 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.
Ilmiy kengash qarori:
1. 2022-yil uchun VED bosh shifokorlarining hisobotlarini qabul qilish va tasdiqlash;
2. Barcha hududlarda bolalarga endokrinologik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, o‘tkir va surunkali asoratlarni hamda bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini kuzatish bilan bog‘liq holda 1- va 2 - tur qandli diabet reestri bo‘yicha ishlarni kuchaytirish;
3. Hududlarda ishlashni yaxshilash, bolalar endokrinologlari yetishmasligini mavjud bo‘sh ish o‘rinlari asosida va hudud ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘rganish, har bir hududda “O‘quv markazi” bilan birgalikda 504-soatlik bolalar endokrinologiyasi ixtisosligining kursida pediatr shifokorlarining malakasini oshirish
4. Barcha hududiy filiallar/dispanserlarda pullik xizmatlarni joriy etish va rivojlantirish ishlarini takomillashtirish;
5. Diabet kasalligi bilan og'rigan bemorlarga oftalmologik yordam ko'rsatishni yaxshilash, RIIATEM mutaxassislari bilan birgalikda barcha hududiy filiallar/dispanserlarda mutaxassislarini (shifokorlar va o'rta tibbiyot xodimlarini) o'qitish;
6. 102-sonli Prezident Qarorini amalga oshirish maqsadida ilmiy kadrlar tayyorlash va barcha hududiy filiallar/dispanserlarning ilmiy salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
7. Barcha hududiy filiallar/dispanserlar rahbarlari: yirik sanoat muassasalari bilan ixtisoslashtirilgan yuqori malakali endokrinologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha to‘lov asosida shartnomalar tuzsin.
Xisobot so'ngida Markaz tashabbusi bilan barcha viloyatlardagi qandli diabet xastaligi bilan og'rigan bemorlar uchun GMP standartlariga muofiq "Nobelpharmsanoat" mahalliy dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxona xomiyligida 50 000 000 so'mlik dori-vositalari aks etgan xomiylik sertifikatlari markazning 14 ta filial/dispanserlariga taqdim etildi.








