Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
17.02.2025
Respublika Endokrinologiya markazi va Toshkent viloyati endokrinologiya dispanseri mutaxassislari endokrin xizmat va birlamchi tizimdagi skrining ishlarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, Ohangaron tumani va shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

Prezidentimizning PQ-102-sonli Qarori ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirining 97-sonli buyrugi asosida tibbiy brigadalar faoliyati, oilaviy shifokorlar va amaliyotchi hamshiralarni 40 yoshdan oshgan aholini kandli diabet skriningidan o‘tkazish algoritmini olib borilishini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, RIEIATM kuratori D.A.Aliyeva va dispanser kuratorlari Ohangaron tumani va shahri KTMP va OPlarda bo‘lishdi.

Mutaxassislar tomonidan 46 nafar oilaviy shifokor va patronaj hamshiralariga birlamchi tizimda endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash va davolash bo‘yicha patronaj so‘rovnomalarini yuritish, qandli diabetni aniklashning eng muhim jihatlari hamda sog‘lom turmush tarzi koidalari bo‘yicha dars olib borildi.


476362185_954431496858026_3237608738121639245_n.jpg476376221_954431540191355_7063739975336918680_n.jpg476369026_954431616858014_6749564012002211411_n.jpg476607566_954431580191351_4865532166048059797_n.jpg


Back to the list