Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(78)113-60-00 (08-00dan : 16-00gacha)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

Markaz mutaxassislari uchun ma’lumot

O‘zbekiston Endokrinologlar Milliy Uyushmasi

O‘zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasi ixtiyoriy asosda tashkil etilgan, O‘zbekiston shifokorlarining endokrinologiya soxasidagi malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan jamoat tashkilotidir.

O‘zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasining maqsad va vazifalari:

-​O‘zbekistonda endokrinologlar uchun uzluksiz tibbiy ta'limni joriy etish

-​Endokrinologiya soxasidagi xalqaro ko‘rsatmalarni tarjima kilish va moslashtirish

-​Endokrinologiya soxasi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, videomateriallar, saralangan ma'ruzalarni nashr etish

-​Endokrinologiya va tegishli fanlar bo‘yicha ilmiy-amaliy, o‘quv dastrularini amalga oshirish

-​Xalqaro professional integratsiya

-​Analogik professional xamjamiyatlar bilan xamkorlik qilish va integratsiya 

-​Uyushma o‘z a'zolarining malakasini oshirishda, akkreditasiyasida, attestasiyasida, sertifikat va lisenziya olishida ko‘maklashadi, O‘zbekistonda va chet elda nizomdagi maqsadga muvofik konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, musobaqalarni tashkillashtirishda faol ishtirok etadi. 

-​Ilmiy-amaliy tadbirlar, maxorat darslari, maktablar, kongresslar, konferensiyalar utkazish

O‘zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasi raisi – Akademik Y.X. Turaqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya Ilmiy - Amaliy Tibbiyot Markazi sobiq direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Alimov A.V.

O‘zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasi raisi o’rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni SaqlashVazirligi bosh endokrinologi, Akademik Y.X. Turaqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya Ilmiy - Amaliy Tibbiyot Markazining bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Xaydarova F.A.