Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
04.06.2025
"Quvonch ulashilgan kun: bolajonlar uchun bayram tadbiri" Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Navoi viloyati endokrinologiya filiali tashabbusi bilan bemor bolajonlar uchun quvonchli va unutilmas bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda bolalar uchun maxsus bayram dasturxoni yozildi, shuningdek, ular uchun ko‘plab qiziqarli ko‘ngilochar chiqishlar, o‘yinlar va musiqiy raqslar tashkil etildi.

Tadbirga mashhur multfilm qahramonlari ham tashrif buyurib, bolajonlar bilan raqsga tushdi, ularning ishtiroki bayramga yanada fayz bag‘ishladi va bolalarning yuzida tabassum, ko‘zlarida quvonch porladi.

Bu kabi tadbirlar bolajonlarning ruhiy holatini ko‘tarish, ularni mehr va e’tibor bilan quvontirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir barcha ishtirokchilar uchun iliq taassurotlar qoldirdi va bolalar uchun unutilmas bayramga aylandi.

502466762_1037727711861737_7495108390466551204_n.jpg502584689_1037728041861704_7438025991130826299_n.jpg502620228_1037727878528387_618899646621126636_n.jpg502474280_1037727951861713_3985241006857175433_n.jpg

Back to the list