Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
26.06.2025
Xorazm viloyati Shovot tumanida PF-88 doirasida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli. 2025 yil 12 iyun kuni Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya, ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori S.S.Faxrutdinova Farg‘ona viloyati Quva tumanida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida amaliy yordam bilan tashrif buyurdilar.
Mazkur tashrif doirasida OP va OShPlarda faoliyat yuritayotgan oilaviy shifokorlar, amaliyotchi hamshiralar va patronaj hamshiralar ishtirokida amaliy mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha muloqot olib borildi:
1) Tibbiy xizmat jarayonlarini DMED elektron tizimi orqali samarali yuritish;
2) 40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida qandli diabet kasalligini erta aniqlash maqsadida skrining tadbirlarini baxolash;
3) Semizlik muammosini bartaraf etish va uning oldini olish bo‘yicha amaliy ishlar.
Shuningdek, shifokorlik amaliyotida uchrayotgan muammolarga aniq yechim topish yuzasidan tavsiyalar berildi. Tumandagi barcha oilaviy shifokorlarga RIEIATM tomonidan tayyorlangan "Birlamchi tibbiy sanitariya yordami tizimida endokrin kasalliklarni profilaktika qilish, erta aniqlash va davolash" hamda "Sog‘lom turmush tarzini rejalashtirish" mavzularida maxsus o‘quv qo‘llanmalari tarqatildi.
Uchrashuv so‘ngida savol-javob tarzida ochiq muloqot o‘tkazilib, kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

512732997_1055228623444979_8614850685597087276_n.jpg512741006_1055228456778329_5303923604923698460_n.jpg511953255_1055228573444984_7432532191330274163_n.jpg511197276_1055228610111647_2422794955027487948_n.jpg512285266_1055228493444992_7398817849465233403_n.jpg511142638_1055228576778317_2223389766676325872_n.jpg

Back to the list