Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
26.06.2025
“Sog‘lom hayot – kelajak poydevori” mavzusida ilmiy-amaliy seminarO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 102- va 103-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Olot tumanidagi G‘anchi Chandir mahallasida joylashgan 28-sonli Oilaviy poliklinika hududida “Sog‘lom hayot – kelajak poydevori” mavzusida ilmiy-amaliy seminar hamda salomatlik tadbirlari tashkil etildi

Seminarning asosiy maqsadi aholi salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, kasalliklarning erta oldini olish va nogironlikni kamaytirishdan iborat bo‘lib, ayniqsa yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet singari keng tarqalgan xastaliklarga qarshi kurashishga qaratildi.

Tadbir davomida aholi orasida tibbiy savodxonlikni oshirish, sog‘lom ovqatlanish tartibini har bir oilada joriy etish, muntazam jismoniy faollikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ayniqsa “Sog‘lom yurish” hamda “Sog‘lom hayot sari – 5000 qadam” kabi tashabbuslar orqali sog‘lom turmush tarzini keng ommaga targ‘ib qilish ishlari olib borildi.

Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Jamil Alloqov hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Nodir Oltiyev boshchiligida, 28-oilaviy poliklinikasi hamda G‘anchi Chandir mahallasi aholisi hamkorligida tashkil etildi.

Bu kabi sog‘lomlashtirish tadbirlari aholining salomatlik darajasini oshirish, profilaktik tibbiyotga e'tiborni kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini hayotga tatbiq etish yo‘lida muhim qadamlardan biri


511284374_1055233836777791_2023369456050733854_n.jpg511287298_1055234140111094_2015805120508962617_n.jpg513833438_1055233886777786_1973296558852160982_n.jpg511291566_1055233986777776_1953963574491229333_n.jpg512753009_1055234036777771_8557346410879842653_n.jpg511010536_1055234080111100_4924614887516146220_n.jpg

Back to the list