08.07.2025
Qizlarda 8 yoshgacha, o‘g‘il bolalarda 9 yoshgacha jinsiy yetilish belgilari bo‘lmasligi kerak!
Farzandingizda kuchli ter hidi, husnbuzarlar yoki tuklar paydo bo‘lganini sezdingizmi?
Bu oddiy o‘zgarishdek tuyulsa ham, aslida bu erta jinsiy rivojlanish belgisi bo‘lishi mumkin.
Jumladan:
– Yog‘li sochlar va husnbuzarlar
– Ko‘krak bezlarining o‘sishi (qizlarda va hatto o‘g‘il bolalarda)
– Qo‘ltiq osti va qov sohasida tuklarning chiqishi
– Yorg‘oq rangining to‘q tusga kirishi
Erta tashxis — bolangiz salomatligi va kelajakdagi gormonal muammolarning oldini olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bu belgilarni erta aniqlash orqali siz sog‘lom o‘sishni ta’minlashingiz mumkin.
Klinikamizda tajribali shifokorlar bolangizni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazib, kerakli tavsiyalarni beradi.



Back to the list