Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
08.07.2025

Go‘zallik – bu tabiiy boylik. Lekin nega vaqt o‘tgan sari yuz terisi so‘na boshlaydi, akne paydo bo‘ladi, rangi xira tortadi? Sabab – bu faqatgina yosh emas, gormonlar ham bunga bevosita ta’sir qiladi.

15 yoshda ko‘pchilikni qiynaydigan akne – bu oddiy muammo emas. Aynan shu vaqtda organizmda androgen gormonlari haddan ortiq ko‘payadi va terida yog‘ bezlarini haddan tashqari faollashtiradi.
30 yoshlarga kelib esa, ko‘rinmas dushman – kortizol, ya’ni stress gormoni sahnaga chiqadi. U terining yangilanishini sekinlashtiradi, qarish jarayonini tezlashtiradi.45 yoshdan keyin esa go‘zallikni ushlab qolish yanada qiyinlashadi. Chunki estrogen darajasi pasayadi — natijada teri quriydi, elastikligini yo‘qotadi, ajinlar ko‘payadi.

Ammo bu jarayonlarni to‘xtatish yoki sekinlashtirish mumkin! Gormonlar bilan to‘g‘ri ishlash, vaqtida tashxis va parvarish orqali go‘zallikni uzoqroq saqlab qolish — bu sizga bog‘liq. Terining har bir bosqichida unga mos yondashuv kerak.

Shu kabi muammolar sizda ham bo‘lsa, hoziroq shifokor ko‘rigiga yoziling!

Video: 

Back to the list