18.07.2025
Shifokor ko‘rigiga kelgan insonlarning 80 foizida yod defitsiti aniqlanmoqda. Siz yoki yaqinlaringiz ham bu muammoga duch kelayotgan bo‘lishi mumkin.
Bu holat O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, asosiy sabab – iqlimiy va geografik omillar. Tuproq, suv va mahsulotlarda yod miqdori juda kam. Dengiz mahsulotlari kam iste’mol qilinadi, shuning uchun yod faqat yodlangan tuz orqali olinadi.
Ammo yodli tuz noto‘g‘ri saqlansa, foydasi yo‘qoladi. Yodning bug‘lanib ketmasligi uchun tuzni yopiq idishda, quruq va salqin joyda saqlash lozim. Aks holda, yod tanqisligi qalqonsimon bez kasalliklari, aqliy va jismoniy rivojlanish sekinlashuvi kabi muammolarga olib keladi.