23.07.2025
Qo‘qonda endokrin kasalliklarga qarshi kurashga START berildi! Qo‘qon shahar tibbiyot kollejida profilaktik seminar bo‘lib o‘tdi. Unda tibbiyot va ta'lim muassasalari rahbar va xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Seminar Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirni u shaxsan olib bordi va Qo‘qonda yod tanqisligi, semizlik hamda qandli diabet kabi endokrin kasalliklarga qarshi keng qamrovli kurashga rasman start berilganini e'lon qildi.
Shuningdek, ushbu kasalliklarni erta aniqlash maqsadida poliklinikalarda tireotrop gormon va glikatlangan gemoglobin tahlillarini davlat byudjeti hisobidan amalga oshirish, bolalarni “Yodomarin” dori vositasi bilan ta'minlash va profilaktika tadbirlarini maktabgacha va umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida yo‘lga qo‘yish belgilandi.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali direktori Ozodbek Mavlanov boshchiligida mutaxassislar ishtirok etib, tegishli taqdimotlar o‘tkazishdi.



Back to the list