28.07.2025
Inson qadri uchun!
24.06.2025 yilda Jizzax viloyati tajriba sinov tumani G‘allaorol 1-sonli OP da akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM malakali endokrinologi, PhD, Jizzax viloyati kuratori Nazarova N.S. tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Bunda "Tibbiyotda 90-kunlik yangilanish vakti" doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-102-sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida xududdagi 40yoshdan oshgan axolini Qandli diabet kasalligiga skring o‘tkazish tarmoq rejasi, tibbiy brigadalar faoliyati, DMED tizimida skring o‘tkazish tartibi, har bir skringni haqqoniyligi, insulin, test yaproqchalar qoldiqlari o‘rganildi. Skring jarayonida xatolikka yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlar haqida patronaj va amaliyotchi hamshiralarga tushunchalar berildi. Yangi aniqlangan Qandli diabet bemorlarni sog‘lomlashtirish, milliy registrga kiritilishi uchun zarur tavsiyalar berildi.