28.07.2025
“Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun” shiori ostida sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirildi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan “Bor mehrimiz shu Vatan, shu xalq uchun” shiori ostida Vobkent tibbiyot birlashmasiga qarashli Xalach, Diyor, Panop MFYlarida sog‘lomlashtirish oyligi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Mazkur tadbirlarda kambag‘al oilalar va ularning oila a'zolarini sog‘lomlashtirish maqsadida viloyatning tor doiradagi mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Shu bilan birga, “Sog‘lom turmush tarzi” targ‘ibotiga bag‘ishlangan keng qamrovli tadbirlar ham tashkil etildi.
Tadbirda EKG, UZI, laboratoriya jihozlari, ko‘chma flyuorografiya va ko‘chma oftalmologik majmualardan foydalanildi.
Tibbiy ko‘rikda jami 291 nafar fuqaro ishtirok etib, shundan 8 nafariga statsionar, 21 nafariga ambulator davolanish, 2 nafar jarrohlik amaliyotiga muhtoj fuqaroga imtiyozli yo‘llanmalar berildi.



Back to the list