05.08.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-102-sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘rsida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida 25.07.2025 RIEIATM Тoshkent shahar Filiali endokrinologi, Yakkasaroy tumani kuratori Z.B.Agzamova va Yakkasaroy tumani bosh endokrinologi S.R.Pulatova tomonidan Yakkasaroy tumani 58-OP da UASH va patronaj hamshiralarga "Qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish, aholining sog‘lom turmush tarzi, to’g’ri ovqatlanish madaniyatini oshirish" mavzusida seminar olib bordilar. PQ-102 asosida 40 yoshdan oshgan aholi orasida olib borilayotgan skrining va unda erta asoratsiz aniqlanayotgan kasalliklar to’g’risida gapirib, skrining tekshiruvini yanada mukammalashtirish to’g’risida tushunchalar berib o’tdilar.Qatnashdilar: UASh shifokori-5 ta, hamshiralar-9 ta, ko’rilgan bemorlar soni-3 ta.