15.08.2025
Ko‘pchilik bilmaydi, ammo qandli diabet faqatgina qondagi qand miqdoriga ta’sir qilmaydi — u butun organizmga, ayniqsa ko‘zlarga ham zarar yetkazishi mumkin.
Diabetik retinopatiya — bu diabet sababli paydo bo‘ladigan va ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin bo‘lgan kasallik.
Ko‘zlaringizni himoya qilish uchun:
• Qand miqdorini me’yorda ushlab turing
• Arterial bosim va xolesterinni nazorat ostida saqlang
• Yilda kamida bir marta oftalmolog ko‘rigidan o‘ting
• Har qanday ko‘rishdagi o‘zgarishlarni e’tiborsiz qoldirmang
• Chekishni tashlang
Ertalab tiniq ko‘zlar bilan uyg‘onish — bu salomatlik natijasi. Diabet bilan yashash — bu o‘z sog‘lig‘ingizni doimiy nazorat qilish demak. Ko‘zlaringizga e’tibor bering — ular sizga dunyoni ko‘rsatadi!
Batafsil ma’lumot olish va maslahatga yozilish uchun call-markazga murojaat qiling +998 55 508 50 00
O’zbekistonda bo’lmagan bemorlar uchun +998 91 001 08 95
Endokrinologiya markazi
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 56 www.endomarkaz.uz
Video: