Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

18.08.2025
Buxoroda endokrinologiya dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirildi
Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yil 26 dekabrda "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror qabul qilinib, bu yo‘nalishda tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi belgilab berilgan edi. 
Qaror ijrosi asosida Buxoro viloyatida endokrin kasalliklarning oldini olish va davolash tizimini yaxshilash maqsadida Buxoro shahrida 120 o‘ringa mo‘ljallangan endokrinologiya dispanseri binosi qurilib foydalanishga topshirildi. 
        Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Botir Zaripov, sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, shuningdek,  Sog‘liqni saqlash vazirligi, Akademik Ye.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, muassasa xodimlari, endokrinologiya sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan fidoyi shifokorlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 
– Prezidentimizning viloyatlarga tashrif chog‘ida har bir hududning o‘ziga xos muammolariga e'tibor qaratilib, joyida yechim topib kelinayotganida aholining turmushi darajasi yuksalayotgani o‘zining yorqin ifodasini topmoqda, – dedi  Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov. – Mazkur tibbiyot muassasasi uchun yangi majmua barpo etilishi ham davlatimiz rahbarining viloyatimizga tashrifi doirasida berilgan qator muhim vazifalardan biridir. Endokrinologik kasallikka chalinish ehtimoli nisbatan ko‘pligini nazarda tutib,  Buxoroda shunday markaz bo‘lishi zarurligi aytilgan edi. Bu maqsad so‘zdan amalga ko‘chib, o‘tgan qisqa vaqtda mana shu muhtasham shifo maskani qad rostladi. Bu hududda endokrinologik xastaliklar soni sezilarli kamayishiga xizmat qiladi.
Yangi binoda ixtisoslashgan bo‘limlar ko‘paytirildi. Endi dispanserda jarrohlik, bolalar va o‘smirlar, diabetologiya-tireodologiya va diabetologiya-nefrologiya bo‘limlari mavjud. UZI va rentgent xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriyada klinik va biokimyoviy, garmonal tahlillar olib boriladi.
Marosim ishtirokchilari bu yerda yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun bemorlar va tibbiyot xodimlariga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

533372726_1094948696139638_7496271613991862708_n.jpg533039257_1094948782806296_1690995433614904327_n.jpg534821755_1094948776139630_7506801945557069578_n.jpg533569490_1094948742806300_8251475004530729070_n.jpg534820897_1094948829472958_8194639151044936466_n.jpg

Back to the list