21.08.2025
Mustaqillik bayrami yaqinlashib kelayotgan ayni kunlarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali uchun qurib bitkazilgan zamonaviy bino foydalanishga topshirildi. Uning ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Muassasada bir paytning o‘zida 120 nafar bemorga statsionar hamda 100 nafar kishiga yuqori darajada ambulator yordam ko‘rsatish uchun yetarli shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgani e'tiborga molik.
SSV Matbuot xizmatining Buxorodan tayyorlagan videolavhasi bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Back to the list