Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
02.09.2025
O‘zbekiston — Janubiy Koreya: Yurtimizda tibbiyotni yanada rivojlantirishga doir kelishuvlarga erishildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi o‘zaro hamkorlik istiqboliga doir manfaatli kelishuvlarga boy bo‘ldi.

 Dastlab vakillarimiz vazirlikning Fan-ta'lim va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i U.Ismailov boshchiligida Seul milliy universitetining Bundang klinikasiga tashrif buyurdi.

 Bu yerda shifoxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotda qayd etilganidek, mazkur nufuzli klinika 2300 o‘ringa ega. Kuniga 8500 nafar bemorga ambulator yordam ko‘rsatiladi, 180 ta jarrohlik amaliyoti bajariladi.

 Muassasa kam invaziv usuldagi operatsiyalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan 4 ta so‘nggi avlod DaVinci robot texnologiyasi, zamonaviy laboratoriyalar, virtual simulyatorlar, telemeditsina markazi, 3D-trening zallariga ega.

 Uchrashuvda o‘zaro tajriba amashish, shifokor va hamshiralar, tibbiy texnika muhandislari tayyorlash, robototexnika, onkologiya, raqamlashtirish, teletibbiyot, onkologiya kabi sohalarda hamkorlik qilish, mahorat darslari o‘tkazish kabi masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi.

 Navbatdagi manzil — Kyondju universiteti bo‘ldi. Bu yerda tashkil etilgan xalqaro anjumanda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A.Alimov va boshqalar ma'ruza qildi.

 Shundan so‘ng mehmonlar Kyondju universiteti va hamshiralar tayyorlash kolleji faoliyati bilan tanishdi. Yurtimizda qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

 O‘z navbatida, Changvon davlat universiteti va Asantek ilmiy guruhi bilan uchrashuv tashkil etildi.

 Indje universiteti klinikasi, Yonsey universitetining biotexnologiya va nanotexnologiya bo‘limi faoliyati, SD-biosensor kompaniyasining ekspress-diagnostika uskunalari bilan tanishuv jarayonlari ham qizg‘in kechdi.

 Shuningdek, Heuron ilmiy guruhi tomonidan tashkil etilgan seminarda insulьtni erta aniqlash va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini raqamlashtirish orqali o‘lim hamda nogironlik darajasini kamaytirish texnologiyasi taqdimoti o‘tkazildi. Yakunda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

 Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash jamg‘armasi (KOFIH) prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash xususida so‘z bordi.

 Shifokor va hamshiralarimizning Janubiy Koreyadagi yetakchi universitet klinikalarida malaka oshirishi, shoshilinch va tez yordam tizimi uchun mutaxassislarni o‘qitish, yurtimizdagi tibbiyot muassasalarini ilg‘or texnologiyalar bilan ta'minlashga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

 Natijada jamg‘arma ko‘magida yiliga 20 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislarni xalqaro standartlar asosida bepul tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 Muloqot yakunida Koreya tomoni sohada o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini kengaytirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

 Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

540539400_1107966334837874_4734912316014129129_n.jpg540839151_1107966394837868_685306877503322754_n.jpg541660910_1107966438171197_3701158096629621995_n.jpg

Back to the list