Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
12.09.2025
Bo‘yingiz, qo‘ltiq osti yoki bo‘yin atrofi qorayib, teringiz qalinlashib, g‘adir-budur tusga kirayaptimi?

Bu oddiy kir bo‘lishi yoki quyoshdan kuyish emas. Bu holat “qora akantoz” deb ataladi va bu ko‘pincha gormonlar muvozanati buzilganda, semizlik, insulin qarshiligi yoki hatto qandli diabet xavfi yuqorilaganda paydo bo‘ladi. Ba’zan bu ichki a’zolarda o‘sma jarayonlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa bolalarda va o‘smirlarda bu belgilar erta aniqlansa, kasallikning oldini olish mumkin bo‘ladi.

Teringizdagi o‘zgarishlar — bu faqat tashqi muammo emas, ichki sog‘lig’ingizning ogohlantiruvchi belgisi bo‘lishi mumkin. Uni e’tiborsiz qoldirmang. Vaqtida aniqlangan sabab – oson va tez davolanishga imkon beradi.

Agar yuqoridagi alomatlar sizda yoki farzandingizda kuzatilayotgan bo‘lsa, darhol endokrinolog yoki dermatologga murojaat qiling. Oddiy tekshiruvlar orqali sabab aniqlanib, kerakli davolash usuli belgilanadi. O‘zingizni va yaqinlaringizni befarq qoldirmang – sog‘ligingiz sizning qo‘lingizda!

503699037_18045781322545413_248421384411247852_n.jpg509625908_18045781334545413_4730110962599053644_n.jpg509261517_18045781343545413_6035224243726017814_n.jpg510437830_18045781358545413_1250902989478223560_n.jpg503651731_18045781367545413_2590962820773115980_n.jpg509613704_18045781376545413_3475087046460924290_n.jpg503523071_18045781385545413_6167514849765420214_n.jpg503484809_18045781394545413_4371208128266115352_n.jpg

Back to the list