22.09.2025
2025 yilning 17-18 sentyabr kunlari Endokrinologiya Markazi Tibbiy Turizm bo‘limi xodimi Sirojiddin Xolmuminov Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati Xo‘jand shahrida tashrif bo‘yirdi. Markazning xodimini Xo‘jand shahrida yangi qurilayotga 100 o‘rinli Klinik Endokrinologiya markazini borib ko‘rdi.
Markaz xodimini shifoxona direktori t.f.n. Nabiyev Alisher Jaxonrvich qabul qilib qurilayotgan shifoxonaning kelajakdagi rejalari bilan tanishtirildi.
Unga ko‘ra:
1. 25 o‘rinli endokrin jarrohlik;
2. 15 o‘rinli jonlantirish;
3. 25 o‘rinli diabetik nefropatiya bo‘limi; 1
4. 20 o‘rinli diabetologiya bo‘limi;
5. 15 o‘rinli Klinik endokrinologiya bo‘limlarini ochish ko‘zda tutilgan.
6. Kunlik 100 ta qatnovga muljallangan poliklinika maqsad qilingan.
Bundan tashqri kelajakda Akademik Yo.XTuraqulov nomidagi RIEIAT markazi bilan birgalikda endokrin jarrohlik (bariatik jarrohlik va qalqonsimon bez kasalliklarini operativ davolashda) xolimlarni qayta taӣyordashda va ginetik kasalliklarini skrining tekshiruvlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida xamkorlik qilishdan manfaatdor enekanligini bildirib o‘tdi.





Back to the list