25.09.2025
Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi NATFORLAB 2025 xalqaro forumida (Ostona, Qozog‘iston Respublikasi). 2025-yilning 19–20-sentabr kunlari Ostona shahrida Laboratoriya tibbiyotining 7-Milliy forumi (NATFORLAB 2025) bo‘lib o‘tdi.
Forumda Neyroendokrinologiya ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Xolova Dilorom Sharipovna va markaz biokimyoviy laboratoriya mudiri Saodat Xozyaykbarovna ishtirok etdi.
Forumda 18 davlatdan delegatlar, jumladan, 27 ma'ruzachi, 800 ishtirokchi va 20 kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Forumda laboratoriya tibbiyoti, laboratoriya sifatini boshqarish va laboratoriya maʼlumotlarini raqamli sogʻliqni saqlash vositalari bilan integratsiyalash boʻyicha ilgʻor texnologiyalar va innovatsion yechimlar taqdim etildi.



Back to the list