Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)

06.10.2025
Samarqand viloyatida tibbiyot xodimlari o‘rtasida spartakiada musobaqalari boshlanadi Joriy yilning 3 oktyabridan -10 oktyabriga qadar viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimiga qarashli tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni ruhlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo‘yicha spartakiada musobaqalari tashkil etilmoqda.

 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2025 yil 18 sentyabrdagi qo‘shma qarori asosida tashkil etilmoqda.

 Barcha ishtirokchilar va jamoalarga omad tilaymiz. Spartakiada musobaqalarida ko‘rishgunicha!

 Spartakiada musobaqalarining saralash bosqichlari shahar/tumanlarda hamda final bosqichi Samarqand shahri Sattepo maskanidagi 2-son sport maktabida bo'lib o'tadi.

Viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Video: 

Back to the list