Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
14.10.2025
Farg‘onada endokrinologiya bo‘yicha xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Farg‘ona shahrida “Diabet kollokvium. Mutaxassis bilan uchrashuv” mavzusida xalqaro o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbirda Gruziyaning endokrinologiya sohasidagi taniqli mutaxassislari hamda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridan kelgan endokrinologlar ishtirok etdi.

Seminarda endokrin kasalliklarning oldini olish, qandli diabetni erta aniqlash va zamonaviy davo usullarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi 102-son qarori doirasida Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali tashabbusi bilan tashkil etildi.

Shuningdek, markaz hamda Gruziya milliy endokrinologiya instituti direktori, professor Ye. Georgadze o‘rtasida xodimlar malakasini oshirish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

560087329_1140990924868748_8214914928532541486_n.jpg564155646_1140991058202068_4467112659920266726_n.jpg559535591_1140990998202074_7078411506780530854_n.jpg557743744_1140991128202061_7154530056588115413_n.jpg
@SoglomFargona

Back to the list