16.10.2025
Inson qadri uchun!
Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish, mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijdan yetakchi mutaxassislarni jalb etish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti bilan xamkorlikda 2025 yil 14 oktyabr kuni institut konferentsiya zalida Gruziya davlati, Tbilisi shaxri Milliy endokrinologiya instituti direktori, t.f.d Giorgadze Yelena Romonovna, Polьsha davlati, Varshava Tibbiyot universiteti professori Leshik Chuprinyak, Toshkent davlat tibbiyot universiteti ichki kasalliklar, endokrinologiya kafedrasi professori F.X.Xaydarova ishtirokida “Metformin: reproduktiv salomatlik, mikrobiota va kognitiv buzilishlar chorraxasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjumanga viloyatda faoliyat olib borayotgan filial, shaxar va tuman KTMP endokrinolog shifokorlari, ADTI endokrinologiya kafedrasi xodimlari va talabalari ishtirok etishdi.
Shuningdek RIEIATM Andijon filiali va Gruziya Milliy endokrinologiya instituti o‘rtasida xamkorlik memorandumi imzolandi.





Back to the list