20.10.2025
“O‘zbekiston – Qozog‘iston: xalq salomatligi yo‘lida hamkorlik” mavzusidagi nufuzli Forum doirasida muhim voqea sodir bo‘ldi — sog‘liqni saqlash sohasida yangi hamkorlik bosqichi boshlandi!
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya markazi tomonidan Anvar Valiyevich Alimov hamda Kardiologiya va ichki kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Rustem Muxtarovich Tuletayev o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum tantanali ravishda imzolandi.
Ushbu kelishuv ikki muassasa o‘rtasida ilmiy va amaliy hamkorlikni kuchaytirish, tajriba almashish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga qaratilgan.
17 oktyabrь 2025 yil
Akademik V. Vaxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi