Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
21.10.2025
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida muhim seminar o‘tkazildi.Keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan ikki mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, uning doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Masalan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan Qozog‘istonning nufuzli klinikalari bilan tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan. Qator tibbiyot oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish va soha mutaxassislari malakasini oshirish, mahorat darslari va ko‘rgazmali jarrohlik amaliyotlari tobora uzluksiz davom etmoqda.

Yurtimizga kelgan bir qator qozog‘istonlik va Akademik Yo.X.Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida seminar o‘tkazildi.

Seminarda institut professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

568620140_1148579180776589_4983162284631617456_n.jpg568693064_1148579377443236_50957575802217470_n.jpg566249099_1148579324109908_5797112701490166478_n.jpg565740926_1148579290776578_8235209155944397808_n.jpg565180159_1148579507443223_867237330701253138_n.jpg566237494_1148579470776560_2997179688131183558_n.jpg565229892_1148579420776565_8130737889476318372_n.jpg568034800_1148579597443214_5833907945229893477_n.jpg

Back to the list