29.10.2025
09.10.2025 yil Akademik Yo.X To‘raqulov nomidagi RIEIATM xodimlari Yusupov A.Sh, Mamatqulov U.A Navoiy viloyati Karmana tumani MKTP xizmati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ 102sonli “Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko‘lamini kengaytirish chora tadbirlari” to‘g‘risidagi qarorini ijrosini taminlash maqsadida Karmana tumani MKTP ishlari o‘rganildi. Biriktirilgan axoli soni 41320 nafar, skrining tekshiruvidan o‘tkazilganlar soni 32436 nafar. 301 nafar glikemiya 11,1 mmolь/l dan baland, kandli diabet bilan D nazoratda 2542, kandli diabet 1tur 111 nafari bolalar va registrga 2014 nafar kiritilgan. Ortikcha vazn 255 nafar, semizlik 255 nafar D nazoratda olingan. 1 sonli OShP o‘rganilganda jami axoli 16519 nafarni tashkil qilib shundan 40 yoshdan oshgan 5223 ta. 9 oy davomida skrening 4649 nafarni tashkil qilib shundan 4 nafarida qandli diabet 2 tur yangi aniqlangan 18 nafarda prediabet aniqlangan bo‘lib barcha bemorlarni “D” nazoratga olingan va kerakli tavsiyalardan berib o‘tilgan. Oilaviy shifokor Xodjayev Feruz , Xoshimova Lola va patronaj xamshiralar ishi o‘rganildi va “Qandli diabet va yod tanqisligi “ xolatlarini birlamchi profilaktika qilish, axolini sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini oshirish” mavzusida o‘quv seminar olib borildi.PQ-102 asosida 40 yoshdan oshgan axoli orasida olib borilayotgan skrining va unda erta aniqlanayotgan asoratsiz kasalliklar to‘g‘risida gapirib, skrining tekshiruvini yanada mukammallashtirish to‘g‘risida tushunchalar berildi.




Back to the list