31.10.2025 Nega kosmetologlar Ozempic (Ozenpik) va Mounjaro (Munjoro) ukollarini qilishi mumkin emas?
1. Bu dorilar kosmetologik emas, endokrinologik vositalar.
Ular 2-tur diabetni davolash uchun mo‘ljallangan.
Tarkibidagi semaglutid (Ozempic) va tirzepatid (Mounjaro) moddalar insulin ishlab chiqarilishini boshqaradi — bu esa gormon tizimi bilan bevosita bog‘liq.
2. Ular organizmga chuqur metabolik ta’sir ko‘rsatadi.
Bu preparatlar qon shakarini tushiradi, ishtahani pasaytiradi, me’da faoliyatini o‘zgartiradi.
Shuning uchun ularni faqat endokrinolog yoki terapevt qon tahlillari asosida buyurishi mumkin.
3. Noto‘g‘ri dozalash jiddiy asoratlar beradi:
— gipoglikemiya (qon shakarining keskin tushishi)
— qusish, suvsizlanish
— yurak ritmi buzilishi
— oshqozon-ichak tizimi falajlanishi
— jigar va buyrak faoliyati buzilishi