07.11.2025
Inson qadri uchun!
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 yanvardagi PQ–102-sonli «Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko’lamini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2025 yil 5-6 noyabr kunlari Samarqand shahrida Akademik Yo. X. Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining
tireoidologiya va yod tanqisligi ilmiy laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim Muratova Sh. T. tomonidan endokrinologlarni malakasini oshirish maqsadida qalqonsimon bez kasalliklarini aniqlash va davolash mavzusida
«Tireoshkola» oʼtkazildi.
Oʼquv yakuni boʼyicha ishtirokchilarga zamonaviy talablarga muvofiq
18 kredit soat hajmidagi sertifikatlar topshirildi.



Back to the list