07.11.2025
04.11.2025 yil. FARG‘ONA.
Akademik
Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona filiali va Toshkent shahar “Umid” hayriya jamoat birlashmasi hamkorligida “14 noyabr - Xalqaro diabetga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan RSHTIYOM Farg‘ona filialining yig‘ilishlar zalida “Qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga profilaktika va kompleks tibbiy yordamni optimallashtirish” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda “Umid” hayriya jamoat birlashmasi raisi t.f.n. Ibragimova N.Sh, oftalmologiya kafedrasi dots.nti, t.f.d., prof. Nomatova N.M, RIKIATM t.f.d., prof. Trigulova R.X, hamda akademik
Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM t.f.d. Atadjanova M.M, yetakchi xirurgi Shakirov X.X, shuningdek, viloyatimizning shahar va tumanlardan jami 100 nafardan ortiq endokrinologlar, oftalmologlar, kardiologlar, xirurglar hamda oila shifokorlari ishtirok etdilar.
O‘quv-seminarida qandli diabet kasalligi va uning qon-tomir asoratlarini erta aniqlash va davolash bo‘yicha maruzalar qilindi.
Bundan tashqari mutaxassislarga homilador ayollarda uchraydigan gestatsion diabetni erta tashxislash bo‘yicha ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazdi.



Back to the list