Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
10.11.2025
07.11.2025 yil.

Noyabr — Xalqaro diabet oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda!
“14 noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurashish kuni” va “1 dekabr — Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tashabbusi asosida yirik sog‘lomlashtirish tadbiri tashkil etildi.

Ushbu tadbir viloyat Sport boshqarmasi hamda Salomatlik va strategik rivojlanish institutining Farg‘ona hududiy bo‘linmalari hamkorligida o‘tkazildi.

Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan “Sog‘lom hayot sari — birgalikda!”, “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”, “Sog‘lom hayot sari — 5000 qadam!”, “Badantarbiya” va “Ommaviy yurish” kabi marafonlarda 1000 nafarga yaqin aholi va turli soha mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Bu tadbirlar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, diabet va OITS kabi kasalliklarning oldini olish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.


578045188_1165934115707762_216835057606220470_n.jpg578797960_1165934045707769_112144257693821415_n.jpg577569653_1165933945707779_7843908312820283245_n (1).jpg577569653_1165933945707779_7843908312820283245_n (1).jpg

Back to the list