11.11.2025
Yurak ishemik kasalligi (YIK) va 2-tur qandli diabet (QD2) bilan birgalikda kechuvchi bemorlarda yurak-qon tomir tizimi tomonidan ifodalangan o‘zgarishlar kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar koronar arteriyalarning aterosklerotik zararlanishi hamda diabetga xos bo‘lgan metabolik buzilishlar bilan bog‘liqdir. Bunday bemorlarning holatini kompleks baholashda yashirin ishemik epizodlarni, yurak ritmidagi buzilishlarni aniqlash va jismoniy yuklamaga bardoshlilikni baholashga yo‘naltirilgan funksional tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.
Holter bo‘yicha EKG monitoringi (24–48 soat) — yurak mushagining og‘riqsiz ishemik epizodlarini, aritmiyalarning chastotasi va xarakterini aniqlash, shuningdek, yurak ritmining o‘zgaruvchanligini baholash imkonini beradi. QD2 bilan kasallangan bemorlarda bu ko‘rsatkich ko‘pincha diabetik avtonom neyropatiya sababli kamaygan bo‘ladi.
Sutkalik arterial bosim monitoringi (SABM) — arterial bosimning sutkalik profilini aniqlash, diabetga xos “non-dipper” fenomenini (tunda bosimning pasaymasligi) aniqlash va antihipertenziv terapiya samaradorligini baholashga yordam beradi.
Ehokardiyografiya (EkoKG) — yurak mushagining strukturaviy va funksional o‘zgarishlarini baholash uchun qo‘llaniladi: chap qorinchada gipertrofiya, diastolik disfunktsiya, gipokineziya zonalari va chiqarilish fraksiyasi aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar yurak yetishmovchiligi darajasini aniqlash va davolash taktikasi uchun muhimdir.
Tredmil-testi (yoki veloergometriya) — jismoniy yuklamaga bardoshlilikni aniqlash va yuklama bilan chaqiriladigan ishemiyani aniqlash uchun qo‘llaniladi. QD2 bilan kasallangan bemorlarda bu test ehtiyotkorlik bilan o‘tkaziladi, chunki ularda yashirin ishemik o‘zgarishlar va qon tomir asoratlari xavfi yuqori bo‘ladi.
Ushbu usullar majmuasi YIK va QD2 bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi holatini har tomonlama baholash, kasallikning erta rivojlanish belgilarini aniqlash va asoratlar xavfini kamaytirishga qaratilgan terapiyani to‘g‘rilash imkonini beradi.
Aloqa raqamlari:
+998 55 508 5000
+998 95 801 99 44
Video: