13.11.2025
“Turaqulov o‘qishlari — 2025” ilmiy-amaliy anjumani
12 noyabr | Toshkent shahri
Bugun Toshkent shahrida endokrinologiya sohasiga bag‘ishlangan an’anaviy “Turaqulov o‘qishlari” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etildi hamda endokrin xizmatning dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlandi.
Qandli diabet
Semizlik va metabolik sindrom
Yod tanqisligi va qalqonsmon bez kasalliklari
Neyroendokrinologiya
Reproduktiv salomatlik
Tadbirda respublikamiz va xorijdan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar ishtirok etib, endokrinologiya sohasidagi ilmiy yangiliklar va zamonaviy tashxislash usullari bo‘yicha tajriba almashdilar.
Bunday nufuzli anjumanlar tibbiyot amaliyotini yanada takomillashtirish, milliy endokrin xizmatni rivojlantirish hamda aholi sog‘ligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.