17.11.2025
14-noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan birlamchi tizimda "Ochiq eshiklar" kuni davom etmoqda! Shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida endokrinologlar tomonidan Diabetga qarshi kurashish kunidagi tadbirlar faollik bilan tashkillashtirildi!
Endokrinologlar ko'rikka kelgan bemorlar va aholini glyukometr yordamida qonda glyukoza miqdorini och qoringa va ovqatdan 2 soat o'tgach tekshirib, zarur bolgan muolaja va maslaxatlar berishmoqda, shu yerni o'zida tor mutaxassislar ko'rigiga yo'naltirilib ko'rikdan otkazilmoqda!
Bundan tashqari qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalari tarqatilmoqda va yangi aniqlanganlar dispanser nozoratiga olinib, statsionar davolanishga muxtoj bo'lganlar viloyat darajasida davolanish uchun elektron tarzda viloyat endokrinologiya dispanseriga yo'naltirilmoqda!



Back to the list