17.11.2025
14-noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni! Toshkent viloyati endokrinologiya dispanserida "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan endokrinologlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, disapserga tashrif buyurgan barchaga qonda qand miqdori, glikirlangan gemoglabin taxlillari, xirurg-endokrinologlar tomonidan diabet topiq asorati bilan kelgan bemorlarga bog'lovlar, UZD ko'rigi, nevropatolog, kardiolog ko'riklari bepul tarzda otkazilmoqda!
Bolalar bo'limida davolanayotgan Qandli diabet 1 tur bemor bolalar tadbir tashkillashtirildi va sovg'alar berilib, ularga ko'tarinki kayfiyat ulashildi.
Shuningdek endokrinologlar bemorlar va aholi orasida “Diabetga o‘rin yo‘q”, “Diabetga qarshi kurashaylik ” mavzularida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borib, qandli diabetni kelib chiqish sabablari va uning oldini olish yo‘llari, kasallikni erta aniqlash va davolash uchun vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tish muhimligini xaqida suxbatlar olib borishmoqda! Tadbirlar kun davomida davom ettiriladi.





Back to the list