17.11.2025
14-noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni! RIEIATM Toshkent shahar filiali, Y.X. Turaqulov nomidagi RIEIATM rahbarligi ostida "Korzinka Boshliq" savdo majmuasida "Qandli diabetga qarshi kurash kuni" munosabati bilan diabet va uglevod almashinuvi buzilishlarini barvaqt aniqlash aksiyasi o‘tkazildi. Aksiyada ishtirok etgan barcha fuqarolarda qonda qand miqdori o‘lchandi va maxsus anketa to‘ldirildi.
Filial endokrinolog-shifokori Gulomov S.S. tomonidan jami 98 nafar shaxs ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular orasidan endokrinologda avval ro‘yxatda turmagan 2 nafar bemorda qonda qand miqdorining oshishi aniqlandi. Shuningdek, endokrinolog nazoratida qandli diabet bilan kuzatuvda bo‘lgan 6 nafar shaxsda qand darajasi o‘lchandi.
Barcha ishtirokchilarga tibbiy tavsiyalar berildi, qonda qand miqdori ko‘tarilgan shaxslar esa qo‘shimcha tekshiruv va ko‘rikdan o‘tish uchun RIEIATM Toshkent shahar filialiga taklif etildi.





Back to the list