Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
17.11.2025
Poytaxtimizda “Toʼraqulov oʼqishlari” nomli xalqaro anjuman ish boshladi  Sogʼliqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamkorligida oʼtkazilayotgan tadbirda dunyoning 15 dan ortiq davlatidan 40 nafardan ziyod yetakchi olim va mutaxassislar qatnashmoqda.

 Qayd etilganidek, mamlakatimizda endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va samarali davolash, ilmiy bilimlar hamda klinik tajribalarni ilgʼor usullar bilan uygʼunlashtirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 Аmmo oldinda turgan vazifalar yanada zalvorli. Bu haqda kuni kecha Prezidentimizning tibbiyot xodimlari bilan oʼtkazgan muloqotida alohida aytib oʼtildi.

 Jumladan, mazkur yoʼnalishga katta miqdorda mablagʼ ajratilayotganiga qaramay, ayrim joylarda endokrin kasalliklar yuqoriligicha qolmoqda.

 Davlatimiz rahbari markaz xodimlarining kasalliklar profilaktikasi bilan izchil shugʼullanishi, birlamchi boʼgʼinga va hatto, mahallalarga qadar tushib ishlashi va pirovardida filiallarning salohiyatini koʼtarishi bilan bogʼliq aniq vazifalarni belgilab berdi.

 Bu galgi “Toʼraqulov oʼqishlari” shu asosda shakllantirilgan boʼlib, mahalliy va xorijlik mutaxassislar oʼzaro tajriba almashishi hamda mavjud muammolarga yechim izlashi koʼzda tutilgan.

 SSV Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.

Sogʼliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

582214045_1171102611857579_8184383432320080460_n.jpg581227196_1171102645190909_5517687061801282727_n.jpg582569340_1171102688524238_6230462784969285013_n.jpg

Back to the list