18.11.2025
Inson qadri uchun! Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Аndijon filiali xodimlari tomonidan 14 noyabr kuni "Xalqaro diabetga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” oʼtkazilib, ambulator poliklinikaga kelgan axoliga bepul tibbiy koʼrik tashkil qilinib, tor soxa mutaxassislar koʼrigi va tibbiy tavsiyalar berildi. Tibbiy koʼrikda jami 108 nafar axoli tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Skrining tekshiruvdan oʼtkazilgan 65 nafar 40 yoshdan oshgan axolining1 (1,5%) nafarida qandli diabet, 2 (3%) nafarida diabet oldi xolati aniqlandi.