18.11.2025
Jahon diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan akademik Yо.X. Toʼraqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya markazi CCL kompaniyasi hamkorligida bemorlarni qoʼllab-quvvatlash va erta diagnostika ahamiyati haqida aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan koʼlamli ijtimoiy tadbir oʼtkazdi.Tashabbus doirasida bepul skrininglar va maslahatlar tashkil etildi. Tashrif buyuruvchilar mutaxassislardan professional tibbiy baholash, tavsiyalar hamda diabetning oldini olish va nazorat qilish boʼyicha individual maslahatlar olish imkoniga ega boʼldilar. Shuningdek, markaz shifokorlari oʼrtasida ham uglevod va lipid almashinuvi buzilishlarini barvaqt aniqlashga qaratilgan profilaktik skrining oʼtkazildi.
Tadbirda barcha istagidagilar uchun tekshiruvlarning ochiq va qulay boʼlishiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu esa koʼplab bemorlar uchun oʼz sogʼligʼi haqida qaygʼurish yoʼlida muhim qadam boʼldi.
Dasturning alohida va yorqin qismi esa bolalar uchun tashkil etilgan bayram boʼlib, u oʼyinlar, ijodiy faoliyatlar va ijobiy his-tuygʼularga boy tarzda oʼtdi. Bu tadbir kichik ishtirokchilarga quvonch va qoʼllab-quvvatlash muhitini yaratib, sogʼliq haqida qaygʼurish nafaqat muhim, balki ilhomlantiruvchi jarayon boʼlishi mumkinligini yana bir bor eslatib oʼtdi.
Аkademik Yо.X. Toʼraqulov nomidagi RSNIPME markazi va CCL kompaniyasining hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari tufayli professionallik, gʼamxoʼrlik va har bir bemorga nisbatan eʼtiborni birlashtirgan iliq, foydali va ijtimoiy ahamiyatga ega kun yaratildi.






Back to the list