18.11.2025
2025 yil 12 noyabrda Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman — «To‘raqulov o‘qishlari» Toshkent shahridagi Intercontinental Tashkent mehmonxonasida o‘tkazildi.Anjumanda Qirg‘iziston Respublikasining Osh viloyatidan endokrinologiya sohasi mutaxassislari ham ishtirok etdilar.
Bugun mehmonlar markaz bosh shifokori Narimova Gulchexra Jumaniyazovna rahbarligida markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va quyidagi bo‘limlarda bo‘lib o‘tdilar:
• Nur diagnostika bo‘limi;
• neyrojarrohlik va endokrin jarrohligi bo‘limlari;
• markaz laboratoriyasi;
• o‘quv markazi;
• radiologiya bo‘limi.
Tashrif yakunlarida markaz direktori, professor Anvar Valiyevich tomonidan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.





Back to the list