18.11.2025
14 noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurash oyligi Bugun Fargʼona viloyati “Nodirabegim” ayollarni va yoshlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash markazining “Imkoniyat daqiqasi” loyihasi doirasida, RIEIАTM Fargʼona filiali shifokorlari bilan hamkorlikda Bogʼdod tumani tibbiyot birlashmasiga tashrif uyushtirildi.
Tadbirda fertil yoshdagi 40 nafar qandli diabet bilan yashovchi ayollarga qondagi qand miqdorini oʼlchash uchun glyukometr apparatlari bepul topshirildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan sogʼlom turmush tarzi, toʼgʼri ovqatlanish, stressni boshqarish va diabetni nazorat qilish mavzularida amaliy suhbat oʼtkazildi.
Аyollarga — imkoniyat, sogʼlom hayotga — qadam!



Back to the list