19.11.2025
14-noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni
Akademik Yo.X. Turaqulov nomidagi RIEIATM, TDTU Bolalar endokrinologiyasi kafedrasi , TXKMRM Endokrinologiya kafedrasi, hamda RIEIATMning Toshkent shahar va viloyat filiallari hamkorligida “Korzinka” savdo majmuasi filiallarida diabet va uglevod almashinuvi buzilishlarini erta aniqlash aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya davomida fuqarolarning qondagi qand miqdori o‘lchandi, sog‘liq bo‘yicha anketalar to‘ldirildi va barcha ishtirokchilarga tibbiy tavsiyalar berildi.
Qonda qand darajasi yuqori bo‘lgan fuqarolarga endokrinolog shifokorga murojat etish tavsiya qilindi.





Back to the list