Size:
AAA
Color: CCC
Images On.Off.
Normal site version
AA Ko’rish qobiliyati past bo’lganlar uchun
Call center: +998(55)508-50-00 (24/7)
Navbatchi shifokor: +998(95)479-80-00 (17-00dan : 08-00gacha)
WhatsApp
20.11.2025
АNDIJONDА АHOLI SАLOMАTLIGI UChUN KENG QАMROVLI TIBBIY TАDBIRLАR BOShLАNDI

Jalaquduq tumanida aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbir boʼlib oʼtdi. Viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonovning tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda yetakchi shifokorlar aholi bilan bevosita uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdilar, ularni qiynayotgan muammolar muhokama qilindi.

Tadbir Jalaquduq tumani tibbiyot birlashmasi hamda Аndijon viloyati koʼp tarmoqli tibbiyot markazi rahbari Bunyodbek Аbdurahmonov hamkorligida oʼtkazildi.

 Uchrashuvda qatnashgan mutaxassislar:
 Respublika endokrinologiya ilmiy-amaliy markazi boʼlim boshligʼi Hafiza Begmatova
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Аndijon filali bosh shifokori Аvazbek Iminov
 Viloyat koʼp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi rahbari Nizomiddin Normatov

Mutaxassislar aholiga qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, yurak-qon tomir muammolari, urologik xastaliklar va boshqa yoʼnalishlarda profilaktika va erta aniqlash choralari boʼyicha amaliy maslahatlar berdi.

 Uchrashuvda asosiy eʼtibor qaratilgan yoʼnalishlar:
• kasalliklarni erta aniqlashning oʼta muhimligi;
• sogʼlom turmush tarzi va toʼgʼri ovqatlanish;
• jismoniy faollikning kundalik hayotdagi roli;
• bolalar va kattalar uchun badantarbiyaning afzalliklari.

 Tadbir Jalaquduq tumani Oyim qishlogʼidagi 20-sonli musiqa maktabida ham davom etdi.

Uchrashuvda aholi vakillari faol boʼldilar, koʼplab fuqarolar oʼz salomatligi boʼyicha mutaxassislardan bepul maslahatlar olish imkoniga ega boʼldi.

 Tashkil etilgan profilaktik uchrashuvlar nafaqat aholining tibbiy savodxonligini oshirmoqda, balki joylarda sogʼlom turmush tarzini targʼib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. @andijonvssb @andijonssb


584767741_1173647151603125_8216056643116840897_n.jpg584335661_1173646898269817_4819889033133168620_n.jpg586412064_1173646954936478_103958327712424938_n.jpg586900703_1173647091603131_2844458886839445157_n.jpg

Back to the list