20.11.2025
17.11.2025-18.11.2025 yilda Toshkent shaxrida Endokrinologik Dispanser, Shayxontoxur tuman Markaziy koʼp tarmoqli va Yashnobod tuman Markaziy koʼp tarmoqli poliklinikalarida RIEIАTM Oʼquv markaz mudiri Sh.B . Kalanxodjaeva va Toshkent shaxar endokrinologik dispanser bosh shifokori V.E. Saryova tomonidan PQ 102- sonli qaror ijrosini nazorati, birlamchi tizimda endokrin xizmatni holati oʼrganilib, DMED elektron tizimga ”D” nazoratni toʼliq kiritish, statistik hisobotlarni haqqoniyligini baholash, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini tatbiq etish boʼyicha qimmatli tavsiyalarini berdilar. Bundan tashqari kadrlar taьminoti boʼyicha rahbariyat bilan muxokama qilib, endokrinologlarni imtiyozli oʼqitish boʼyicha tavsiyalar berdilar.