24.11.2025
SOGʼLOM HАYoT SАRI — BESh MING QАDАM
Noyabr oyi — butun dunyoda Qandli diabetga qarshi kurashish oyligi sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Fargʼona filiali tomonidan “Sogʼlom hayot sari — besh ming qadam” shiori ostida sogʼlomlashtirish aktsiyasi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi aholini sogʼlom turmush tarziga undash, qandli diabet kasalligiga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish, shuningdek, diabetga chalingan bemorlar hayot tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan bilim va koʼnikmalarni oshirishdan iboratdir.
Аktsiyada tibbiyot xodimlari, diabet bilan yashovchi bemorlar hamda sogʼlom turmush tarafdorlari faol ishtirok etdi. Qatnashchilar sogʼlom hayot ramzi sifatida besh ming qadam masofani bosib oʼtishdi. Bu nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki jamoat orasida qandli diabetning oldini olish va sogʼlom odatlarni targʼib etish maqsadida amalga oshirildi.