24.11.2025
2025-yil 19-noyabr kuni Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya markazi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va tibbiy turizm bo‘limi mas’ul xodimi Xolmuminov Sirojiddin Suyunovich, shuningdek Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya markazi tibbiy turizm bo‘limi boshlig‘i, t.f.n., oliy toifali bolalar onkologi Pirnazarov Baxodir Telmanovichlar Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyati Ko‘p tarmoqli viloyat shifoxonasiga tashrif buyurdilar.Mehmonlarni shifoxona bosh shifokori, xirurg Janbolat Berdibayevich qabul qildi.
Tashrifning asosiy maqsadi — do‘stona aloqalarni mustahkamlash, tibbiyot sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lib, shu doirada Turkiston viloyati Ko‘p tarmoqli shifoxonasi va O‘zbekistonning ikki ixtisoslashtirilgan markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.