25.11.2025
2025-yil 20 - noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya markazi Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va tibbiy turizm bo‘limi mas’ul xodimi Xolmuminov Sirojiddin Suyunovich va Respublika Ixtisoslashtirilgan Onkologiya markazi tibbiy turizm bo‘limi boshlig‘i t.f.n. Pirnazarov Bahodir Telmanovich Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati Onkologiya markaziga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Onkologiya bosh shifokori, onkolog-xirurg Mavlenov Jakshilik Urazbaevich qabul qiladi.
Tadbirda Endokrinologiya markazning funktsional imkoniyatlari bilan tanishdirildi, shu qatorda markazning Radionuklear bo'limini radio faol yod va Lyutetsiy-177 preparati bilan davolash metodi mahalliy onkologlarga tanishtirildi.