02.12.2025
“Ipak yo‘lida turizm” 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ochiq! 27-29-noyabr kunlari poytaxtimiz “Ipak yo‘lida turizm” 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga mezbonlik qilmoqda. “CAEx” xalqaro ko‘rgazmalar markazida tashkil etilgan bu yilgi tadbir ham butun dunyodan turizm biznesi mutaxassislarini birlashtira oldi. Bu yerda yetakchi turizm va transport kompaniyalari, yirik mehmonxona tarmoqlari, diplomatik korpuslar, taʼlim muassasalari, shuningdek, tibbiyot turizmi doirasida Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika Ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya markazi nomidan markazning Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va tibbiy turizm bo‘limi mas’ul xodimlari Xolmuminov Sirojiddin Suyunovich va Tursunova Dildora Baxodirovnalar ishtirok etishdi.